Messi “Barselona”ga qaytishi mumkin

Sport

image

“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi yaqin orada “Barselona”ga qaytishi mumkin. Bu haqda Messining “Inter Mayami”ga o‘tishi haqida birinchi bo‘lib ma’lumot bergan jurnalist Aleks Kandal X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Messi hozirda qayta rekonstruksiya qilinayotgan “Kamp Nou” stadionida o‘ynamay turib faoliyatini yakunlamoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Messi “Inter Mayami”ga 2023 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi

Lionel 2004 yildan 2021 yilgacha “Barselona”ning asosiy jamoasida o‘ynagan. Bu vaqt ichida futbolchi 778 ta o‘yin o‘tkazib, 672 ta gol urdi va 303 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Lionel' Messi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing