Imron Xonni hibsga olish uchun qayta order berildi
Olam
−
31 mart 2023
6162Pokistonda 2022 yil avgustida ayol sudyaga tahdid qilgani uchun javobgarlikka tortilgan sud majlisida qatnashmagan sobiq bosh vazir Imron Xonni hibsga olishga order berdi. Bu haqda “Daily Times” xabar berdi.
Mahkama sobiq bosh vazir Xonning sud majlisida qatnashmaganligi sababli hibsga olinishiga qaror qildi.
Politsiya Lahorning Zaman Park tumanida yashovchi Xonni hibsga oladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum. Xonga qarshi 90 dan ortiq ish qo‘zg‘atilgan.
Imron Xon hukumati 2022 yil aprel oyida qulagan. 2022 yil 10 aprelda Pokiston parlamentida o‘tkazilgan ishonchsizlik votumida Imron Xon hukumati 174 ta “yo‘q” ovozi bilan tanazzulga uchradi.
Mamlakatda 3 muddat bosh vazirlik qilgan Navoz Sharifning ukasi Shahbaz Sharif 11 aprel kuni parlamentda o‘tkazilgan saylovda mutlaq ko‘pchilikning qo‘llab-quvvatlashi – 174 ovoz bilan Bosh vazir etib saylandi.
Eslatib o‘tamiz, Islomobod politsiyasi Pokistonning sobiq Bosh vaziri Imron Xon va uning “Adolat harakati” partiyasi a’zolarini tartibsizliklar uyushtirgani va politsiya xodimlariga hujum qilganlik uchun terrorizmda ayblagandi. Xonga nisbatan terrorchilik ayblovlari joriy yilning 18 mart kuni Islomobodda Xon kortejiga hamrohlik qilgan huquq-tartibot idoralari xodimlari va “Adolat harakati” partiyasi tarafdorlari o‘rtasidagi to‘qnashuvdan so‘ng paydo bo‘lgandi. O‘shanda Pokistonning sobiq Bosh vaziri o‘z vakolati chog‘ida xorijlik yetakchilardan olgan qimmatbaho sovg‘alarni sotish bo‘yicha sud majlisida ishtirok etish uchun poytaxt sudiga ketayotgan edi. Politsiya Xonning Lahordagi qarorgohida “Adolat harakati” partiyasi faollarini hibsga olish va muxolifat faollarining lagerlarini buzish bo‘yicha operatsiya davomida kuch ishlatgan. Muxolifat tarafdorlari esa huquq-tartibot xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, ularga qarshi o‘qotar qurol va molotov kokteyli uloqtirgan. Xonning uyi tintuv qilinib, undan qurol va o‘q-dorilar topilgan. Rasmiylar Pokiston poytaxti va Lahorda 300 dan ortiq namoyishchini qo‘lga olgan.
Shundan so‘ng, 19 mart kuni hibsga olish orderini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror Xon ishtirokida sudda e’lon qilingan. Garchi Vazirlar Mahkamasining sobiq rahbari “Adolat harakati”ga nisbatan politsiya zo‘ravonligidan so‘ng uning hayoti xavf ostida qolganini aytib, sudga kelishdan bosh tortgan bo‘lsada, mazkur sud majlisini o‘tazib yubormagan.
Shohjahon Majitov
LiveBarchasi