Imron Xonga terrorizm bo‘yicha ayblov e’lon qilindi

Olam

image

Pokiston politsiyasi mamlakatning sobiq Bosh vaziri Imron Xonga qarshi terrorizm to‘g‘risidagi qonunga muvofiq ayblov qo‘ydi. Bu uning politsiyaga tahdid qilganidan keyin sodir bo‘ldi, deb yozmoqda “The Guardian”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayblovlar Xonning o‘tgan shanba kuni Islomobodda qilgan nutqidan kelib chiqqan bo‘lib, unda u politsiya va sudyani sudga berish niyati borligini ma’lum qilgan va hibsga olinganidan keyin yaqin yordamchisi qiynoqqa solinganini iddao qilgan.

Qayd etilishicha, Xonga qarshi ayblovlar bilan hisobotda Islomoboddagi mitingda bo‘lgan va Xon Pokiston politsiyasi bosh inspektori va boshqa sudyani tanqid qilganini eshitgan xalqaro sudya Ali Javedning ko‘rsatmasi ham kiritilgan.

Xabarlarga ko‘ra, Xon: “Biz ham sizga qarshi chora ko‘ramiz. Hammangiz uyalasiz”, degan.

“The Guardian” nashrining xabar berishicha, sobiq Bosh vazir hali hibsga olinmagan va unga qo‘yilgan ayblovlarga javob bermagan. Xonning partiyasi “politsiyaning unga yetib borishiga yo‘l qo‘ymaslik” uchun sobiq hukumat rahbari tarafdorlari uning uyini o‘rab olgani aks etgan videoni e’lon qildi. Dushanba kuni ertalab u yerda yuzlab odamlar bo‘lgan.

Nashrning yozishicha, Xon bir necha yilga qamalishi mumkin.

Imron Xon ishonchsizlik votumi natijasida lavozimidan chetlashtirildi. Milliy majlisning 342 deputatdan iborat 174 nafar a’zosi Xonga qarshi ovoz berdi. Xonning o‘zi Pokiston muxolifati Xitoy va Rossiyaga xayrixoh bo‘lgan mustaqil tashqi siyosati tufayli uni hokimiyatdan chetlatish uchun Vashington bilan til biriktirganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Imron Xon Pokiston

Baholaganlar

267

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing