Imron Xon sudga apellyatsiya shikoyati kiritdi

Olam

image

Korrupsiyada ayblanib, uch yilga qamalgan Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon kecha, 8 avgust kuni unga berilgan jazo ustidan shikoyat qildi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Aytilishicha, Islomobod Oliy sudi apellyatsiyani bugun, 9 avgust kuni ko‘rib chiqadi.

Sud davomida Xonning advokatlar jamoasi sobiq bosh vazirning qamoqxonadagi sharoitlarini yaxshilash uchun Oliy sudga murojaat qilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2022 yil aprel oyida parlamentdagi ishonchsizlik votumi natijasida hokimiyatdan chetlatilgan Xonga bosh vazirlik davrida olgan davlat sovg‘alarini noqonuniy sotish va mol-mulkini yashirish ayblovlari ham qo‘yilgan. Imron Xon o‘ziga qo‘yilgan ayblovlar amaldagi Bosh vazirning uni obro‘sizlantirishga qaratilgan rejasining bir qismi ekanini aytgan. Shahboz Sharif esa Xonni hibsga olish sud qarori ekani, bunda hech qanday siyosiy ta’siri yo‘qligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 avgust kuni Pokiston sudi Xonni korrupsiyada aybdor deb topib, uch yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. Hukm o‘qilgan paytda sobiq hukumat rahbarining o‘zi sudda ishtirok etmagan. Sud majlisi tugaganidan ko‘p o‘tmay, politsiya sobiq bosh vazirni Lahordagi uyida hibsga oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Imron Xon Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing