Imron Xonning partiyasi yetakchisi ham hibsga olindi

Olam

image

Pokiston politsiyasi Adiala qamoqxonasida jazo o‘tayotgan sobiq bosh vazir Imron Xon tomonidan asos solingan “Adolat harakati” partiyasi raisi vazifasini bajaruvchi Gohar Ali Xonni hibsga oldi. Bu haqda partiya vakiliga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Muxolifat partiyasi rahbarining hibsga olinish sabablari hozircha aytilmagan.

Avvalroq hukumat sobiq hukmron partiya faoliyatini taqiqlash, shuningdek, Xon va sobiq prezident Arif Alviga xiyonat, xususan, ularning xorijiy manbalardan mablag‘ olgani bo‘yicha ish ochishga qaror qilgan edi.

Iyun oyi boshida Islomobod Oliy sudi davlat sirlarini oshkor qilishda ayblanib, 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Xon va sobiq tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qureyshni oqladi. Ular boshqa ayblovlar bo‘yicha qamoq jazosini o‘tashda davom etmoqdalar.

Xon 2018 yildan 2022 yilgacha Pokiston Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilgan. Sobiq hukumat rahbari 2022 yil 10 aprelda unga nisbatan berilgan ishonchsizlik votumi oqibatida lavozimidan chetlashtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Imron Xon Pokiston Islomobod Oliy sudi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made