Imron Xon obro‘siga putur yetkazganlik uchun 5,8 mln dollar undirish niyatida

Olam

image
0:00
0:00
download

Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon Milliy javobgarlik byurosi rahbaridan tuhmat va uning obro‘siga putur yetkazgani uchun pul undirmoqchi. Bu haqda u o‘zining Twitter'ida yozgan.

“Men unga qonuniy ogohlantirish berdim. Meni hibsga olish uchun order konstitutsiya va qonunlarga zid ravishda chiqarilgan. Oliy sud binosida qo‘pol kuch ishlatib, noqonuniy va asossiz hibsga olish menga tuhmat qilishga qaratilgan bo‘lib, obro‘-e’tiborimga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Shunday ekan, mening tuhmat bo‘yicha ish qo‘zg‘atishga to‘liq haqqim bor”, deydi u.

U 15 milliard rupiy (5,8 million dollar) undirish niyatini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Xon shu yilning 1 may kuni chiqarilgan hibsga olish orderi asosida 9 may kuni hibsga olingandi. U Al-Qadeer Trust tashkiloti orqali korrupsiya va pul yuvishda ayblangandi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, siyosatchi bosh vazirlik yillarida ma’lum bir ko‘chmas mulk kompaniyasidan Buyuk Britaniyadan olingan 175,5 million dollarga yaqin mablag‘ni qonuniylashtirgan. 

Xonning hibsga olinishi mamlakatning bir qator yirik shaharlarida, jumladan, poytaxtda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi. Namoyishchilar buzg‘unchilikka qo‘l urgan va huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan to‘qnashgan. 11 may kuni Pokiston Oliy sudi Xonning hibsga olinishini noqonuniy deb topgan va uni hibsdan ozod qilishga buyruq bergan. 

Biroq sobiq bosh vazirga uyiga qaytishga ruxsat berilmagandi. Unga 12 may kuni yana sudga kelish uchun sud yaqinidagi mehmonxonaga borish va shu yerda tunash buyurilgandi. Pokiston Oliy sudi Imron Xonni ozod etdi va uni hibsga olishni taqiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

Imron Xon Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing