Imron Xon 14 yilgacha qamalishi mumkin

Olam

image

Pokistonning sobiq Bosh vaziri, muxolifatdagi “Tehrik-i-Insaf” partiyasi yetakchisi Imron Xon va partiya raisi o‘rinbosari Shoh Mahmud Qurayshiy davlat sirlarini oshkor qilganlikda rasman ayblanmoqda.

Har ikkala rahbar ayblovlarni bekor qilish uchun ariza topshirgan. Sudya iltimosnomalarni rad etgan. Protseduraga ko‘ra, sud guvohlarni 27 oktyabrga kelishini belgilab, sud majlisi qoldirildi, deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, Xon va Qurayshiy qo‘yilgan ayblovlarni tan olmagan.

“Davlat sirlarini oshkor qilish ishi Pokiston Bosh vazirining Ukrainadagi urushga nisbatan neytral pozitsiyasi va bu ishdan norozi AQSH haqidagi telegrammaning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq”, deyiladi RIA Novosti xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, telegramma Islomobodga Pokistonning Vashingtondagi elchisi tomonidan o‘tgan yilning boshida yuborilgan.

Imron Xon va uning yordamchilari bu telegrammaning mazmunini ruxsat etilmagan shaxslarga oshkor qilgan va “o‘z g‘arazli niyatlari va shaxsiy manfaatlariga erishish uchun faktlarni buzib ko‘rsatgan”. Shuningdek, sobiq Bosh vazir hujjat nusxasini noqonuniy ravishda saqlab kelgani qayd etilgan.

Pokistonning davlat sirlari haqidagi qonuniga ko‘ra, aybdor ikki yildan 14 yilgacha qamoq yoki o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Imron Xon Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing