Imomali Rahmon Moskvadan og‘zi qulog‘ida qaytyapti
Olam
−
21 noyabr 2023
24169Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni respublikaga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.
“Men hurmatli Vladimir Vladimirovichni [Putinni] o‘zi uchun qulay vaqtda Tojikistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildim”, deydi Rahmon ikki davlat rahbarlarining bugun, 21 noyabr kuni o‘tgan Moskvadagi uchrashuvidan so‘ng.
Tojikiston Prezidenti Rossiyaga tashrifi chog‘ida mehmondo‘stlik va samimiy qabul uchun Putinga va barcha rossiyalik do‘stlarga minnatdorlik bildirishini qayd etgan. .
U Tojikiston Rossiya Federatsiyasi bilan muloqot natijalaridan qoniqish hosil qilganini qo‘shimcha qilgan.
“Biz bugungi muloqot natijalaridan mamnunmiz, muzokaralar davomida Tojikiston va Rossiya munosabatlarni sifat jihatidan yanada yuqori darajaga olib chiqish uchun mavjud salohiyatdan foydalanish qat’iyligini tasdiqladi”, deydi respublika Prezidenti.
Rahmon va hukumat delegatsiyasi 21 noyabr kuni rasmiy tashrif bilan Rossiyaga keldi. Bungacha Tojikiston rahbari 2019 yilda Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. Bu yil Rahmon Rossiyaga amaliy tashrif bilan keldi – may oyida u Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.
Putin 2022 yil iyun oyida Tojikistonga amaliy tashrif bilan borgan va Dushanbeda Rahmon bilan ham uchrashgan edi. Bungacha Rossiya Federatsiyasi Prezidenti 2019 yilda Tojikistonda bo‘lgan – keyin Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammitiga borgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin Moskvaga borgan Imomali Rahmonni “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotladi.
LiveBarchasi