Imomali Rahmon Qirg‘izistonga bordi

Olam

image

Bugun, 12 mart kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon davlat tashrifi bilan Qirg‘iziston Respublikasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, “Manas” xalqaro aeroportida Tojikiston Prezidentini Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov kutib olgan.

Milliy libosdagi qizlar Imomali Rahmonni qutlab, ikki davlat rahbariga gullar taqdim etgan.

Shundan so‘ng, davlat rahbarlari qirg‘iz san’at ustalari tomonidan qirg‘iz va tojik musiqa asarlarini ijro etgan konsert dasturini tomosha qilgan.

Qayd etilishicha, taraflar ertaga, 13 mart kuni keng ko‘lamli masalalar va ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qiladi. Ushbu uchrashuvlar doirasida bir qator hujjatlar imzolanishi ham rejalashtirilgan. 

Eslatib ўтамиз, avvalroq Qirg‘iziston va Tojikiston Prezidentlari Sadir Japarov va Imomali Rahmon Bishkekda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda chegara shartnomasini imzolash niyatida ekani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Imomali Rahmon Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing