Imomali Rahmon ham Mirziyoyevni qutladi
Olam
−
05 may 2023
5469Bugun, 5 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, Tojikiston yetakchisi Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabriklagan.
Shuningdek, yetakchilar ikki davlat orasidagi o‘zaro savdo hajmi, qo‘shma loyiha va korxonalar soni o‘sayotgani, chegaraoldi savdo-logistika zonasi barpo etilayotgani, faol madaniy-gumanitar almashinuvlar davom etayotgani, xususan, joriy yilning mart oyida Dushanbe shahrida ikki mamlakat yetakchilari oliy ta’lim muassasalari rektorlarining birinchi forumi samarali o‘tganini qayd etgan.
O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari joriy kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish va amaliy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqish uchun Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va ikkinchi Hududlar forumi kun tartibini puxta tayyorlash muhim ekanini ta’kidlagan.
Mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan fikr almashilgan. Bundan tashqari, bo‘lajak tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqilgan.
LiveBarchasi