Ilk bor Marsning to‘liq xaritasi e’lon qilindi (foto)

Bu qiziq

image

Xitoy bugun, 24 aprel kuni Marsning birinchi global panoramali suratlarini e’lon qildi. Bu haqda “China Daily” xabar berdi

Qayd etilishicha, suratlar “Tianwen 1” orbiteri orqali olingan. Rangli tasvirlar Xitoy Milliy kosmik ma’muriyati va Xitoy Fanlar Akademiyasi tomonidan Anxoy provinsiyasi markazi Xefeyda bo‘lib o‘tgan bu yilgi Xitoyning kosmik kunini nishonlash marosimida e’lon qilingan. Ushbu kun 1970 yilda uchirilgan Xitoyning birinchi sun’iy yo‘ldoshi sharafiga har yili 24 aprelda nishonlanadi. 

Panoramalar 2021 yilning noyabridan 2022 yilning iyuliga qadar Mars orbitasiga o‘rnatilgan “Tianwen 1”ning o‘rta aniqlikdagi kamerasi tomonidan tushirilgan 14 ming 457 ta suratni qayta ishlash orqali tayyorlangan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, u butun dunyo bo‘ylab Marsga amalga oshiriladigan kelajakdagi ekspeditsiyalarni rejalashtirish va olib borish uchun yaxshiroq bazaviy xaritalarni taqdim etadi. 

Qadimgi Xitoy she’ri sharafiga nomlangan “Tianwen 1”  2020 yilning 23 iyulida uchirilgan bo‘lib, u mamlakatning birinchi sayyoralararo tadqiqot ishiga aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Mars

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing