Ilhom Aliyev rasman navbatdagi saylovga nomzod bo‘ldi

Olam

image

Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyasi Ilhom Aliyevni respublikada 7 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida tasdiqladi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Qayd etilishicha, Aliyev nomzodi Yangi Ozarbayjon partiyasi tomonidan ilgari surilgan.

Ma’lumot uchun, 62 yashar Ilhom Aliyev 2003 yildan buyon 20 yil davomida prezidentlik kursisini egallab kelmoqda. U 2003, 2008, 2013 va 2018 yillarda o‘tkazilgan prezident saylovlarida g‘alaba qozongani aytiladi. Ungacha – 1993-2003 yillarda mamlakatni Ilhom Aliyevning otasi Haydar Aliyev boshqargan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ilhom Aliyev navbatdan tashqari prezidentlik saylovini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Unga ko‘ra, Ozarbayjon Respublikasining navbatdan tashqari prezident saylovi 2024 yil 7 fevralga belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing