Ilhom Aliyev Qorabog‘da o‘nga yaqin qishloq nazoratga olinganini ma’lum qildi
Olam
−
04 Oktabr 2020
8645Kecha, 3 oktyabr kuni Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ning Terter tumanidagi Talish qishlog‘i, Jabroil tumanidagi Mehdili, Chahirli, Ashag‘i Maralyan, Sheybey, Guyjak qishloqlari va Abdurahmon Fuzuli tumanidagi Ashag‘i qishlog‘ini nazoratga oldi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti o‘zining Twitter`dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Qorabog‘ bu – Ozarbayjon” degan Ilhom Aliyev.
3 okyatrb kuni Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi qarama-qarshilik chizig‘i bo‘ylab ashaddiy janglar davom etgan. Armaniston Ozarbayjon qishloqlarga turli yo‘nalishlarda artilleriya va raketadan zarba bergan. Ozarbayjon qo‘shinlari ham bunga qarshilik ko‘rsatgan.
Janglar vaqtida Madagiz-Agderin yo‘nalishida Armanistonning 77-tank batalonining 4 tanki yo‘q qilingan va 3 tasi o‘lja sifatida egallab olingan.
O‘z navbatida Armaniston Ozarbayjon tomoni 10 ta dron, 3 ta samolyot, 3 ta “Smerch” raketa tizimi va bitta vertolyotidan mahrum bo‘lganini ma’lum qildi. Shuningdek, sutka davomida Ozarbayjon 440-450 nafar askaridan ayrilgan.
Ma’lumot uchun, rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari joriy yilning 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi. Unda mingga yaqin harbiylar va tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.
Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.
Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.
Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi. Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi.
LiveBarchasi