Ilhom Aliyev ikkinchi arman davlati masalasida Fransiyaga taklif bildirdi
Olam
−
01 dekabr 2020
11968Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Fransiya Senatining mamlakat Hukumatini Tog‘li Qorabog‘ respublikasi mustaqilligini tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiyasini tanqid qildi.
Aliyev ikkinchi arman davlati tashkil etilishini xohlasa o‘z yerlaridan berishini, Ozarbayjonning qonuning yerlariga daxl qilmaslikni tavsiya qilgan.
“Agar kimdir Armanistonga ikkinchi davlatni yaratish uchun hudud berishni xohlasa, u holda berishsin, u yerda ikkinchi Armaniston davlatini tuzishsin, ularga o‘zlarining hududlarining bir qismini berishsin. Ammo bizdan tarixiy, qonuniy Ozarbayjon yerlaridan Armaniston davlati yaratilishini talab qilish – bu qaysi mantiqqa to‘g‘ri keladi? Bu hech qanday mantiqqa va adolatga to‘g‘ri kelmaydi. Bizning yerlarimizda nimani unutib qoldirdingiz? Bu yerdan minglab kilometr uzoqlikda joylashgan mamlakatlar hozirda qonunlar qabul qilib, parlamentlar shu masalani muhokama qilyapti. Fransiya parlamenti bizning masalaga qanday aloqasi bor?”, degan Aliyev xalqiga murojaati vaqtida.
Shuningdek, u Fransiyani Minsk guruhining hamraisi sifatida muammoni hal qilishga yordam bermayotganlikda aybladi.
“Fransiya necha yildan beri Minsk guruhining hamraisi hisoblanadi? U biror nima qildimi? Muammoni yechish uchun amaliy chora ko‘rdimi? Endi muammo yechilganda nimalar bo‘lyapti? Fransiya Senati Tog‘li Qorabog‘ni tg olish uchun rezolyutsiya qabul qilyapti. Men urush vaqtida ham aytdim, AGAR ular sizga yoqsa Marsel shahrini bering, uning nomini o‘zgartiring, ular uchun ikkinchi davlat tashkil qiling. Ammo hech kim bizning ishlarimizga aralasha olmaydi”, degan Ozarbayjon rahbari.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 noyabr kuni Fransiya Senati mamlakat Hukumatini Tog‘li Qorabog‘ respublikasini tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Keyinroq Fransiya TIV rasmiy Parij TQRni tan olmasligini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 27 sentyabr kuni Armaniston va Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlarni boshlagandi. Har ikki tomon ham bir-birini tashviqotda ayblab, to‘liq yoki qisman harbiy safarbarlik e’lon qilgandi.
Joriy yilning 9 noyabr kuni Rossiya va Ozarbayjon Prezidentlari Vladimir Putin, Ilhom Aliyev hamda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar.
Bayonotga ko‘ra, Armaniston va Ozarbayjon egallab turgan pozitsiyalarida to‘xtadi, keyin bir qator tumanlar Baku nazorati ostiga o‘tishi belgilandi. Sulhga ko‘ra, tomonlar o‘zaro asirlar, yaradorlar va halok bo‘lganlarning jasadlarini almashishni allaqachon boshladi.
Shuningdek, 1960 kishidan iborat Rossiya tinchlikparvar kuchlari aloqa liniyasi va Qorabog‘ni Armaniston bilan bog‘laydigan Lochin yo‘lagi bo‘ylab joylashtirildi.
Keyinchalik, Rossiya harbiylari Tog‘li Qorabog‘da tinchlikparvar kuchlar nazoratidagi hududlarda minalardan tozalash ishlarini davom ettirayotgani xabar qilindi.
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya qo‘shinlari Qorabog‘da besh yildan ko‘proq qolishidan umidvorligini bildirdi. Pashinyan TASS nashriga bergan intervyusida ushbu besh yillik davr nimaga asoslanib belgilangani va shu vaqt ichida nimalar qilish kerakligi haqida gapirdi.
Pashinyanga ko‘ra, Rossiya tinchlikparvar kuchlari mintaqada xavfsizlik va barqarorlik kafolatlarini yaratishi zarur. Uning qo‘shimcha qilishicha, RTKning Tog‘li Qorabog‘da bo‘lish muddati besh yil bilan cheklanib qolmaydi.
LiveBarchasi