Ilhom Aliyev ham Moskvaga borishdan bosh tortdi

Olam

image

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 9 may – Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etish uchun Moskvaga bormaydi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

“Afsuski, Aliyev kelmaydi. Sabab sifatida uning Haydar Aliyevga (Ozarbayjon Respublikasining uchinchi prezidenti. Hozirgi Prezident Ilhom Aliyevning otasi) bag‘ishlangan ichki tadbirlarda ishtirok etishi kerakligi aytildi”, dedi u jurnalist Aleksandr Yunashevga.

Shuningdek, Laos yetakchisi Txongluna Sisulitning Moskvaga tashrifi ham bekor qilindi. U koronavirusga chalingani sababli tadbirlarda qatnashmaydi.

Bungacha Ushakov 9 may kuni Moskvaga 29 davlat yetakchisi kelishi kutilayotganini aytgan edi. Endi Aliyev va Sisulitning kelmasligi sabab bu raqam 27 taga qisqardi.

Moskvadagi bayram tadbirlarida ishtirok etishi kutilayotgan davlat rahbarlari orasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin, Belarusdan Aleksandr Lukashenko, Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Vetnam Kommunistik partiyasi Bosh kotibi To Lam, Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva va boshqalar bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchichning Moskvaga ketayotgan samolyoti Sharqiy Yevropadagi keskinlik va harbiy harakatlarni hisobga olgan holda, Moskvaga parvozni xavfli deb topgan va Bakuga qo‘nishga qaror qilgandi. Undan oldinroq esa Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi 9 may kuni Moskvaga kelishdan bosh tortgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ozarbayjon Ilhom Aliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing