Rossiyaga uchayotgan Vuchich favqulodda Bakuga qo‘ndi

Olam

image
AQSHga borgan Serbiya Prezidentining tobi qochib qoldi north_east

AQSHga borgan Serbiya Prezidentining tobi qochib qoldi

Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchichning Moskvaga ketayotgan samolyoti Ozarbayjonning Baku shahriga majburiy qo‘ndi. Bu haqda “Oxu.az” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Serbiya rahbari hozirgi vaqtda Sharqiy Yevropada olib borilayotgan keskinlik va harbiy harakatlarni hisobga olgan holda, Moskvaga parvozni xavfli deb topgan va Bakuga qo‘nishga qaror qilgan.

“U 9 may kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yillik yubileyiga tashrif buyurayotgan edi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Litva va  Latviya Vuchich samolyotiga havo maydoni berishdan bosh tortgan. Latviyada ular o‘z qarorlarini parvoz maqsadlarining “siyosiyligi” bilan izohlagan. Litvada taqiq “texnik va diplomatik holatlar” bilan bog‘liqligi uchun rad etilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 may kuni Rossiya poytaxti Moskva shahri Ukraina tomonidan ommaviy dron hujumiga uchragandi. Oqibatda shahar aeroportlari samolyotlar uchun yopilgandi. Moskva shahri havo hududining yopilishi munosabati bilan Uzbekistan Airways reyslari ham zaxira aeroportlariga yo‘naltirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Vuchich Moskva Serbiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing