Ilhom Aliyev ham Qozog‘istonga bordi

Olam

image

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bugun, 2 noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkilotining “Turkiy asr” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan 10-yubiley sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. 

Ostona shahridagi Nursulton Nazarboyev nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. 

Prezident Ilhom Aliyevni Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smoilov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham Turkiy Davlatlar Tashkiloti sammitida qatnashish uchun Ostonaga yetib bordi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Turkiy Davlatlar Tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made