Ikkita maktab qizamiq tufayli masofaviy ta’limga o‘tkazildi

Olam

image

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida ikkita maktab qizamiq kasalligi tufayli masofaviy ta’limga o‘tkazildi. Bu haqda mamlakat Ta’lim va fan vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Jalolobod viloyatidagi 2 va 7-sonli maktablarda qizamiq avj olgani bois shahar Epidemiyasi va epizootiyaga qarshi maxsus komissiya mazkur maktablarda ta’lim jarayonini onlayn shaklga o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilgan.

“2 va 7-sonli umumta’lim maktablarida qizamiq bilan kasallanish holatlari ko‘p. O‘quv jarayoni vaqtinchalik masofaviy formatda olib boriladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, ushbu qaror bilan Jalolobod shahar ta’lim bo‘limiga bolalarni ommaviy emlash uchun 063-son shakl asosida emlashdan bosh tortgan yoki bir martalik emlangan o‘quvchilar sonini aniqlash topshirig‘i yuklatilgan. Shifokorlarga esa har bir maktab va bog‘chada emlash hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, alohida xonalar tashkil etish topshirilgan.

Ma’lumotlar uchun, Qirg‘izistonda qizamiq bilan kasallanganlar soni yil boshidan buyon uch mingdan ortiq holatda qayd etilgan. Ularning aksariyatini 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda qizamiqqa chalinish holati keskin oshib ketdi. So‘nggi bir hafta ichida kasallanganlar soni 30 foizga oshgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon 10 mingga yaqin kasallik holati qayd etilgan bo‘lib, ularning 80 foizi 14 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. Eng ko‘p holatlar respublika janubida – Olmaota va Jambil viloyatlarida kuzatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jalolobod Qirg'iziston qizamiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing