Ikkinchi muddatda ish boshlagan Mirziyoyev konstitutsiyaviy o‘zgarishlar haqida gapirdi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, bugun, 6 noyabr kuni ikkinchi muddatga Prezident etib saylangan Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasining qo‘shma majlisida qasamyod qilib, rasman ishga kirishdi.

Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya marosimida nutq so‘zlab, saylovoldi uchrashuvlarida nomzodlar mamlakatda konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazish haqida gapirganiga to‘xtaldi.

“Barcha nomzodlarning saylovoldi uchrashuvlarida elektorat vakillari tomonidan bugungi kunda hayotning o‘zi, islohotlarimiz mantig‘i talab etayotgan yana bir muhim taklif ilgari surildi. U ham bo‘lsa, mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishdan iborat.

Agar dunyo tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, tub burilish davrida ko‘pgina davlatlarda konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilganini ko‘ramiz. 

Shu sababli, avvalo, senator va deputatlarimiz, keng jamoatchiligimiz, xalqimiz bilan yana bir bor maslahat qilib, jahon konstitutsiyaviy tajribasini o‘rganib, puxta o‘ylagan holda bugungi va kelgusi taraqqiyotimizni belgilab beradigan Asosiy qonunimizni takomillashtirish masalasini ham ko‘rib chiqishimiz kerak”, degan Shavkat Mirziyoyev.

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev 2025 yilgacha o‘qituvchilar maoshi 1000 AQSH dollariga yetkazilishini aytgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

327

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing