Ikki yengilmas o‘zbek bokschisi bir kunda jang o‘tkazadi

Sport

image

WBA reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan o‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon “Kaka” Ahmadaliyevning jang sanasi o‘zgardi. Aslida bokschi 19 aprel kuni meksikalik Karlos Karlsonga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi. Ammo ma’lum sabablarga ko‘ra bu jang 29 aprel kuni AQSHning Los-Anjeles shahridagi “Forum” arenasida o‘tkaziladigan bo‘ldi.

E’tiborga molik jihati shundaki, Murodjon Ahmadaliyev Shahram G‘iyosov bilan bir boks oqshomida ringga chiqadi. Yettita jangning barchasida g‘alaba qozongan G‘iyosov shu kuni Emmanuel Teylorga qarshi jang o‘tkazadi. 

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Karlson prof boksda 28 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 23tasida g‘alaba qozongan. O‘n to‘rtta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Beshta jangda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. Ikkita jangda nokaut bo‘lgan. So‘nggi 5 ta jangidan 4 tasida yutqazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov Boks Murodjon Ahmadaliev

Baholaganlar

91

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing