Ikki viloyatning Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshliqlari o‘rin almashdi
Jamiyat
−
16 aprel
8912O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan podpolkovnik Nurali Qodirov Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi. Bu haqda bugun, 16 aprel kuni FVV axborot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Qodirov Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Shuningdek, tegishli buyruq bilan polkovnik Ilhom Ismoilov Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari lavozimiga tayinlangan.
Bunga qadar u Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati hokimiga ham yangi o‘rinbosar tayinlangandi,
Rayhona Ulkanbayeva
LiveBarchasi