Ikki viloyatda o‘qishga kiritishni va’da qilganlar ushlandi

Olam

image

Toshkent va Buxoro viloyatida oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarolardan pul undirgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Ohangaron shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda nodavlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lim boshlig‘i B.A. 4 fuqaroni ushbu oliygohga 3-kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da bergan. Bu ish uchun u har bir fuqaroga 1000 dollardan berishi kerakligini aytib, jami 4 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shuningdek, Buxoro shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.I. fuqaro N.Sh.ning ishonchiga kirib, qo‘shni Qirg‘izistondagi oliy ta’lim muassasasida o‘qigani to‘g‘risida hujjat rasmiylashtirib, go‘yoki ta’lim muassasalari qabul komissiyasida ishlovchi tanishlari orqali Buxoro innovatsion tibbiyot institutiga 3-kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Piskent tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar –  J.E. va B.A. fuqaro K.X.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ishlovchi tanishlari yordamida mazkur universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da bergan. Bu ish evaziga u 2 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro va Farg‘ona viloyatida pul evaziga oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Buxoro oliy ta'lim muassasasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing