Ikki viloyatda o‘qishga kiritib qo‘yish uchun pora olganlar ushlandi
3-sahifa
−
26 iyul 2025 4563 1 daqiqa
Buxoro va Farg‘ona viloyatida pul evaziga oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.X. va O.R. fuqaro O.B.ga muqaddam Buxoro pedagogika institutida o‘qituvchi vazifasida ishlagan F.R. orqali ushbu institutga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da bergan. Ular ushbu yordami evaziga 3500 dollar olgan vaqtida ushlangan. Shundan so‘ng, davom etgan tadbirda fuqaro F.R. ham tanishi R.Sh. orqali 2000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qolaversa, Farg‘onada o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.X. fuqaro Sh.N.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Farg‘ona davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytgan. Ushbu ish evaziga Sh.N.dan 1200 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasida talabalarni yakuniy imtihondan o‘tkazib berishini va’da qilgan universitet o‘qituvchisi ushlangandi.
Live
Barchasi