Qoraqalpog‘istonda o‘qituvchi pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasida talabalarni yakuniy imtihondan o‘tkazib berishini va’da qilgan universitet o‘qituvchisi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Berdaq” nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi G.N. fuqaro A.D.ning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uni va 17 nafar talabani yakuniy imtihondan o‘tkazib berishini aytgan. Shundan so‘ng, o‘qituvchi talabalardan 18,3 mln so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri va Namangan viloyatida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 2 ming dollar pora olgan shaxslar ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Qoraqalpog'iston Berdaq Qoraqalpoq davlat universiteti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing