Toshkent va Namanganda ham o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahri va Namangan viloyatida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 2 ming dollar pora olgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Uchtepa tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.X. fuqaro Z.A.ning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O‘zbekiston davlat Xoreografiya akademiyasiga kirish uchun o‘tkaziladigan ijodiy imtihondan yuqori ball olib berib, davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Norin tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.V. fuqaro J.U.ning ishonchiga kirib, uni Toshkent shahridagi xususiy universitetlardan biriga 3 kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvlaroq Toshkent va Farg‘ona shaharlarida oliy ta’lim muassasalariga noqonuniy o‘qishga kiritish holatlari aniqlangandi. Xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining kafedra o‘qituvchisi o‘zining mansabdor tanishlari orqali poytaxtlik fuqaroni mazkur oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent pora Namangan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing