“Simba”ni qiynagan erkak 7 sutkaga qamaldi
3-sahifa
−
09:26 716 2 daqiqa
Toşkent şahrida mast holatda qöşnisining muşugini böğib, oyoğini qayirgan erkak 7 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanişdi.
Hujjatga köra, voqea joriy yilning 28 oktyabr kuni Şayxontohur tumanidagi köp qavatli uylarning birida sodir bölgan. Dökonda sotuvçi bölib işlovçi 24 yoşli M. K. mast holatda qöşnisining “Simba” laqabli muşugini uyning kiriş yölagida körib qolgan.
U muşuk bilan video olmoqçi bölganini, biroq mastligi sababli unga jarohat yetkazib qöyganini aytgan. Sudda M. K. aybiga iqror bölib, qilgan işidan puşaymonligini bildirgan va yengillik berişni söragan.
Sud hujjatlarida keltirilişiça, erkak muşukni böğib qiynagan va uning oyoğini qayirgan. Veterinariya klinikasi ma’lumotnomasida hayvonning çap old oyoğida jarohat borligi qayd etilgan. Holat IIB xodimining bildirgisi, arizaçi va guvohlarning tuşuntiriş xatlari, video materiallar hamda boşqa dalillar bilan tasdiqlangan.
Sud M. K.ning harakatlarini Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 111-moddasi 2-qismi hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş deb baholagan. Unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Şuningdek, M. K.dan ma’muriy qamoqda saqlaş bilan boğliq xarajatlar uçun har bir sutkaga 66 ming sömdan, jami 462 ming söm undirilişi belgilangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Andijonda köproq kuzatuvçi yiğiş uçun muşuk bolasini baland tösiq orqali otgan yigit jazolangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi