Toşkentda 23 nafar xorijlik işlayotgan noqonuniy koll-markaz aniqlandi (video)
3-sahifa
−
10:40 768 2 daqiqa
Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanida 23 nafardan ortiq xorijiy fuqaro faoliyat yuritgan noqonuniy koll-markaz aniqlandi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, holat xonadonbay örganiş işlari davomida aniqlangan. Huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari xonadonlardan birini tekşirişga kelganida, u yerdagi şaxslar ularga ming dollar pora taklif qilgan. Biroq xodim porani olişdan boş tortgan.
Şundan söng, xolislar iştirokida ötkazilgan tekşiruvda xonadonning har bir xonasida 4–5 nafardan fuqaro yaşayotgani, jami 23 nafardan ortiq xorijlik noqonuniy faoliyat yuritayotgani aniqlangan.
Toşkent şahar IIBB hamda Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan taşkil etilgan tezkor tadbir davomida 80 ta uyali aloqa vositasi, 21 ta noutbuk, 6 ta Wi-Fi router va 22 ta pasport aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.
Bundan taşqari, markazda uç nafar xorijiy fuqaro belgilangan tartibda litsenziya olmasdan, internet kriptobirjalari orqali takroran kripto-aktivlar oldi-sotdisini amalga oşirgani aniqlangan. Ularning kriptoaktivlar aylanmasi jami 27 ming 910,21 USDT’ni (taxminan 329,6 million söm) taşkil etgan
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani muvofiqlaştiriş boşqarmasi huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buziş) ikkinçi qismi tegişli bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq noqonuniy GSM-şlyuz qurilmalaridan foydalanib, soxta koll-markaz taşkil etgan va fuqarolarning bank kartalaridagi pullarni özlaştirgan jinoiy guruh foş etilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi