Namanganda 12 ming 844 quti sifatsiz dori sotuvga qöyilgani aniqlandi

3-sahifa

−

image

Namangan va Toşkent viloyatlarida tegişli litsenziya va hujjatlarsiz dori vositalarini sotiş bilan şuğullangan şaxslar uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Boş prokuratura huzuridagi departamentning Namangan viloyati boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda “A.” MÇJ rahbari tomonidan noqonuniy dorixona taşkil etilgani aniqlangan.

Ma’lum bölişiça, u Namangan şahri “Ğişt köprik” mahallasi hududidagi binoda tegişli litsenziyasiz dorixona oçgan. U yerda sifati va kelib çiqişini tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan, umumiy qiymati 122,9 million sömlik 425 turdagi 12 ming 844 quti dori vositalari va tibbiy buyumlar savdoga qöyilgan. Uşbu mahsulotlar aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.

Yana bir holat Toşkent viloyatining Örtaçirçiq tumanida aniqlangan. Departamentning Toşkent viloyati boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari ötkazgan tezkor tadbirda fuqaro D.S. va boşqalar fuqaro B.S.ga tegişli hujjatlari bölmagan xorijda işlab çiqarilgan 1 700 dona “Aksigil” va 1 693 dona “Aksa levo” nomli dori vositalarini sotgan vaqtida uşlangan.

Ular jami 3 393 dona dori vositasini dorixonalar va ularning filiallaridan taşqarida 51 million sömga sotgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-12-moddasi (Sifatsiz yoki qalbakilaştirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy jihozlarni ötkaziş maqsadida işlab çiqariş, tayyorlaş, oliş, saqlaş, taşiş yoki ötkaziş, dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan taşqarida realizatsiya qiliş, şuningdek tarkibida kuçli ta’sir qiluvçi moddalar mavjud bölgan dori vositalarini retsept böyiça çakana realizatsiya qiliş tartibini buziş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatining Uyçi tumanida 5,6 mlrd sömlik dori vositalarini yaşirin omborda saqlagan aka-ukalar uşlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing