Ikki viloyatda soxta hujjatli dorilarni sotayotganlar ushlandi 

3-sahifa

image

Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida sifati kafolatlanmagan hamda tegishli hujjatlari bo‘lmagan dori vositalarining savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, DXX xodimlari tomonidan Pastdarg‘om tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda shu hududda yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi soxta sertifikat bilan Xitoyda ishlab chiqarilgan 3600 dona “S-Gen” nomli dori vositalarini 46 mln. so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Bundan tashqari, uning yashash xonadonidan sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan 240 dona “ViVaNarin” nomli dori vositasi ham protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Shu kabi, DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘qon shahrida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro umumiy qiymati 121 mln. 800 ming so‘mlik 2400 dona “Ampitsillin”, 1600 dona “Infera”, 1600 dona “Ferrovell jeleza gidroksid saxarozniy kompleks” va 125 dona “Gonadotropin xorionicheskiy” nomli dori vositalarini Namangan shahridagi dorixonalarga yubormoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining xulosasiga ko‘ra, ushbu dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reyestriga ro‘yxatga olinmagani, Sertifikatlashtirish idoralari tomonidan sertifikatlar berilmagani va saqlash sharoitiga amal qilinmaganligi sababli ularni respublika hududida sotish, tashish va tibbiyot amaliyotida qo‘llash taqiqlanadi.

“Holat yuzasidan mazkur shaxslar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 165-1-moddasi bilan jarimaga tortilgan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq yonidan noqonuniy dori chiqqan farg‘onalik ayol 4 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. 

Javohir Yo‘ldashov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Samarqand Farg'ona dori vositalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing