Yonidan noqonuniy dori chiqqan ayol qamaldi
3-sahifa
−
12 mart
6490Yonidan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlangan ayol 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
2023 yilning 8 avgust kuni Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Farg‘ona–Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan Isuzu rusumli avtotransport vositasi Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi “Chinor” YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan.
Natijada unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yashovchi 1976 yilda tug‘ilgan T.N.ga (ayol) tegishli polietilen paket ichida 1456 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, u mazkur dori vositalarini notanish shaxsdan 15 mln so‘mga sotib olib, Toshkent shahriga ketayotgan bo‘lgan. Holat yuzasidan T.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi tomonidan T.N.ga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
LiveBarchasi