Ikki viloyatda fuqarolarni AQSHga yubormoqchi bo‘lgan “uddaburon”lar ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand va Farg‘onada Amerikaga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Samarqand shahrida 1979 yilda tug‘ilgan shaxs mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Meksika orqali Amerikaga yuborishni va’da qilib, 25 ming AQSH dollari talab qilgan. Mazkur shaxs hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan. 

Shuningdek, Past Darg‘om tumanida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan shaxs tanishi bilan kelishgan holda, mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Turkiya-Armaniston-Nikaragua-Meksika yo‘nalishi orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborishni va’da qilgan. Ular evaziga 23 ming AQSH dollari talab qiladi. Ammo yuqoridagi shaxslar oldindan 12 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Farg‘onada yana bir shaxs Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni Amerikaga yuborishni va’da qilib, evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan. 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Samarqand Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing