Ikki nafar legioner futbolchi bo‘yicha kelishuvga erishdik – Ravshan Ermatov
Sport
−
02 aprel
12695Bugun, 2 aprel kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi binosida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hamda Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjumanda Olimpiya terma jamoasining bir necha kunlardan so‘ng Qatar yashil maydonlarida start oladigan Osiyo kubogiga tayyorgarligi va jamoa bilan bog‘liq bir qator jihatlar yuzasidan fikr almashildi.
Jumladan, O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Olimpiya jamoasiga Abbosbek Fayzullayev va Abduqodir Husanov kabi yetakchi legioner futbolchilarni jalb etish masalasiga to‘xtaldi.
“Futbolda mayda masalalar bo‘lmaydi. Futbolchilarimiz katta klublarda to‘p surmoqda. Ular klublarining asosiy futbolchisiga aylangan va bu biz uchun quvonarli, albatta, biroq bu turnir biz uchun ham juda muhim. Ayni paytda klublar bilan har kuni aloqada bo‘lib, muzokaralar o‘tkazmoqdamiz. Hozirda 2 nafar futbolchimiz bo‘yicha kelishuvga erishdik, 3 nafar futbolchimiz bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda”, deydi Ermatov.
Ma’lumot uchun, Osiyo kubogi bahslari 15 apreldan 3 mayga qadar o‘tkaziladi. O‘zbekiston musobaqaning “D” guruhida Vetnam, Quvayt va Malayziya jamoalari bilan bahs olib boradi.