Ikki kunlik inqilob: Yevropa Superligasi to‘xtatildi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Yevropa Superligasi loyihasi to‘xtatildi. Bu haqda “Talksport” xabar bermoqda.

Yevropa futbolida ikki kun avval boshlangan inqilob UEFA’ning g‘alabasi bilan yakunlandi. FIFA va UEFA’ning bosimi, muxlislar qarshiligi ortidan jamoalar birma-bir Superliga loyihasini tark etganini ma’lum qila boshladi.

Dastlab 12 ta ishtirokchi-klub Superligani tarqatib yuborish ustida bosh qotirayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Keyinroq OAVda “Chelsi” va “Manchester Siti” hamda Madridning “Atletiko”, Milanning “Inter” jamoalari loyihani tark etgani haqida xabarlar tarqaldi.

Eslatib o‘tamiz, 19 aprel kuni 12 ta klub – "Manchester Yunayted", "Arsenal", "Chelsi", "Tottenxem", "Manchester Siti", "Liverpul" (barchasi – Angliya), "Real" (Madrid), "Barselona", "Atletiko" (barchasi – Ispaniya), "Inter", "Milan" va "Yuventus" (barchasi – Italiya) yangi Yevropa musobaqasi – Superliga tashkil etilganini e’lon qildi. Loyihani Amerikaning “JP Morgan” banki loyihalashtiradigan bo‘ldi. “Real” prezidenti Florentino Peres Superliga boshiga keldi.

UEFA o‘sha kunning o‘zida Superliga ishtirokchilarini Yevropa va jahon chempionatlariga qatnashishini taqiqlashini e’lon qildi. Bundan tashqari, UEFA Superligada o‘ynovchi klublarni o‘z musobaqalaridan chetlatishini ham qo‘shimcha qildi. Ko‘plab boshqa klublar, milliy assotsiatsiya va futbol vakillari Superliga g‘oyasini qoralab chiqishdi.

"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino shu loyiha sabab ishdan ketdi. Boshqa grant klublar murabbiylari ham Superliga loyihasi ishga tushsa, ishdan ketishga tayyorligini bildirdi.

Futboldagi mojaro siyosatchilar e’tiboridan ham chetda qolmadi. Yettita Bosh vazir “huquqiy bomba” bilan tahdid qildi.


Maqola muallifi

Teglar

futbol Evropa Superligasi

Baholaganlar

372

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing