Ikki kunda 5 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Vatanga qaytdi
Jamiyat
−
22 Sentabr 2020
4987O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining turli hududlaridan o‘z Vataniga olib kelish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda, temir yo‘l va charter reyslari amalga oshirilmoqda.
TIVning ma’lum qilishicha, kecha, 21 sentyabr kuni 2641 nafar fuqaroni O‘zbekistonga olib kelish uchun Moskva shahridan 6 ta, Sankt-Peterburg shahridan 3 ta, Rostov-Don shahridan 1 ta va Turkiyadan 2 ta charter reyslari amalga oshirildi. Shuningdek, 253 nafar fuqaro “Uzbekistan Airways” AJning “Toshkent-Minsk-Toshkent” va “Toshkent-Bishkek-Toshkent” yo‘nalishlaridagi hamda “Asiana Airlines”ning “Seul-Toshkent-Seul” yo‘nalishidagi muntazam reyslar orqali Vatanga qaytdi.
Bundan tashqari, 21 sentyabrda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning poyezdlarida 2538 nafar o‘zbekistonlik Novosibirsk, Rostov-Don va Samara shaharlaridan O‘zbekistonga yetib kelishdi.
“Shuni qayd etamizki, koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqarolarning ommaviy to‘planishi virusni yuqtirish xavfini oshiradi. Ayniqsa, sog‘lig‘i xavf ostidagi toifalar (qariyalar, homilador ayollar, bemorlar, surunkali kasallikka chalinganlar) uchun bu holat yanada xatarlidir.
Rossiya hududida bo‘lgan vatandoshlarimizdan poyezd stansiyalarida to‘planmasliklarini, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin talablariga qat’iy rioya qilishlarini yana bir bor so‘raymiz”, deyiladi TIV xabarida.
LiveBarchasi