Polşada ikki özbekistonlik soxta hujjatlar bilan qölga tuşdi

Olam

−

image

Polşada taksi xizmatida işlagan ikki nafar özbekistonlikning mamlakatda qonuniy yaşaş hujjatlari yöqligi aniqlandi. Ulardan birining pasportidan Vengriya çegara nazoratiga oid soxta muhrlar va Polşada yaşaş uçun ariza topşirilganini tasdiqlovçi qalbaki ştamp topildi. Bu haqda Polşa Çegara xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, joriy yilning 6 noyabr kuni Varşava şahridagi Şopen aeroporti atrofida “Xavfsiz transport” nomli nazorat tadbiri ötkazilgan. Unda Polşa Çegara xizmati, Varşava politsiyasi va şahar ma’muriyati vakillari iştirok etgan.

Tadbir davomida mobil ilovalar orqali yölovçi taşiş bilan şuğullanuvçi 18 nafar haydovçi tekşirilgan. Ular Ozarbayjon, Hindiston, Nigeriya, Ukraina, Tojikiston va Özbekiston fuqarolari bölgan.

Tekşiruvda 25 va 31 yoşli ikki nafar özbekistonlikning Polşada qonuniy yaşaş huquqini beruvçi amaldagi vizasi yoki boşqa hujjatlari yöqligi aniqlangan.

Bundan taşqari, ulardan birining pasportida Vengriya çegara nazoratining asl nusxasiga öxşatib tayyorlangan soxta muhrlari hamda Polşada vaqtinça yaşaş uçun ruxsat olişga ariza topşirilganini tasdiqlovçi qalbaki ştamp topilgan.

Har ikki fuqaro yuzasidan Polşada çiqarib yuboriş böyiça ma’muriy işlar boşlangan. Ulardan biriga mamlakat hududini 20 kun içida tark etiş majburiyati yuklangan. Şuningdek, unga Polşa va boşqa Şengen hududidagi davlatlarga 18 oy davomida qayta kiriş taqiqlangan.

Ikkinçi fuqaro böyiça esa tegişli tekşiruv işlari davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Novosibirsk viloyatida migratsiya qoidalarini buzgan 32 nafar Özbekiston fuqarosi mamlakatdan çiqarib yuborilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing