Ikki bor qahramon bo‘lgan Prezident yana taqdirlandi
Olam
−
26 Sentabr 2019 7682 1 daqiqa
Kecha, 25 sentyabr kuni Turkmanistonda Xalk Maslahati kengashi yig‘ilishida mamlakat Parlamenti raisi Gulshat Mammedova Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovga " Hormatly il ýaşulusy" unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni o‘qib eshittirdi. Bu haqda "Xronika Turkmenistana" xabar bermoqda.
Unvon Davlat rahbariga "mamlakatning mustaqilligi va doimiy betarafligini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi, davlat va jamiyat oldidagi ulkan xizmatlari, yangi davrning yorqin va o‘ychan tamoyillarini asoslab, ijobiy davlatchiligimiz asoslarini shakllantirish bo‘yicha keng qamrovli samarali faoliyati uchun" berildi.
Ma’lumot uchun, Gurbanguli Berdimuhamedov 2011 hamda 2017 yillarda "Turkmaniston Qahramoni" unvonini olgan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr