Ikki aviakompaniya O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi
Jamiyat
−
02 Oktabr
15403Flynas va Qeshm Air aviakompaniyalari Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi va Eron ustidagi havo hududining bir qismi yopilishi munosabati bilan O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Bugun, 2 oktyabr kuni quyidagi reyslar bekor qilindi:
- Flynas aviakompaniyasining KNE633/634 Jidda – Toshkent – Jidda va KNE651/652 Jidda – Namangan – Jidda yo‘nalishida;
- Qeshm Air aviakompaniyasining QSM2143/2142 Tehron – Toshkent – Tehron yo‘nalishida.
Bildirilishicha, ushbu reyslar haqida batafsil ma’lumot olish uchun aviakompaniya vakillariga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 oktyabr kuni kechqurun Eron Isroilga raketalar bilan zarba bergandi. Isroil armiyasi radiosi Erondan Isroilga 200 ga yaqin raketa uchirilganini aytdi. Keyinroq Isroil harbiylari aniq ovoz chiqarib, aholi o‘z boshpanalarini erkin tark etishlarini bildirdi. Isroil Eronga "og‘riqli javob" berishga va’da berdi. Isroil nashrlari armiya bugun, 2 oktyabr kuni tunda butun Yaqin Sharq bo‘ylab kuchli zarba berishi kutilayotganini yozdi.
1 oktyabr kuni HY304 Tel-Aviv - Samarqand - Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnov majburiy kechiktirildi. Qozog‘iston aviakompaniyalariga Eron havo hududi orqali parvoz qilmaslik tavsiya qilindi.
LiveBarchasi