Ixtiyor Abdullayev ortidan yana bir Abdullayev 14 yilga qamaldi. Ular qarindoshmidi?

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, bugun, 27 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Xarbiy sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmatining (DXX) sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev va u tomonidan tashkil etilgan jinoiy uyushma a’zolariga nisbatan ayblov hukmi e’lon qilindi.

Ushbu jinoiy guruh a’zolaridan biri Toshkent shahar prokurorining sobiq o‘rinbosari Yorqin Abdullayev edi. U ham Abdullayevning ortidan 14 yilga qamaldi. 

U joriy yilning mart oyida hibslangan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, Ixtiyor Abdullayevga nisbatan sud ishi joriy yilning iyul oyida boshlangan edi. 

Yorqin Abdullayev va Ixtiyor Abdullayevning o‘zaro qarindosh bo‘lgani bilan bog‘liq ma’lumotlar QALAMPIR.UZ`da mavjud emas. 

QALAMPIR.UZ’ga ma’lum bo‘lishicha, Ixtiyor Abdullayevni tergov qilish ishlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi – Prezident xavfsizlik xizmati raisining birinchi o‘rinbosari – Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov tomonidan olib borilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Ixtiyor Abdullayev ishi O‘zbekiston harbiy sudida ko‘rib chiqildi va tamomila yopiq holatda o‘tkazildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ixtiyor Abdullaev Yorqin Abdullaev

Baholaganlar

506

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing