Ikardi barcha mol-mulkini xotinining nomiga o‘tkazdi

Sport

image

PSJ hujumchisi Mauro Ikardi rafiqasi va agenti Vanda Nara bilan turmushini saqlab qolish uchun barcha daromadlari va mol-mulkini uning nomiga o‘tkazib berdi.

Avvalroq, Mauro Ikardi xotinini kolumbiyalik model Chayna Suares bilan uchrashmaganiga ishontirgani biroq Chaynaning tanishi Vanda Naraga ikkisining uchrashuvi haqida batafsil ma’lumot beruvchi elektron pochta xabarini yuborgani haqida xabar bergan edik.

Xotinini qaytarish uchun argentinalik futbolchi shartnomalari (hozirgi va kelajakdagi), shuningdek, 2050 yilga qadar barcha mulkiga egalik huquqini bergan. Bu taklifni 34 yoshli model qabul qilgan. Hozirda juftlik barga va Ikardi Instragram sahifasida Birlashgan Arab Amirliklarida Nara bilan birga tushgan suratini namoyish qildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning oktyabr oyida, Nara Ikardini xiyonatda ayblab, ijtimoiy tarmoqlarda u bilan birgalikda tushgan barcha suratlarini o‘chirib tashlagan edi. Biroq vaqt o‘tgach, juftlik yarashib olgani haqida xabarlar tarqalgandi. 

Ma’lumot uchun, Ikardi Nara bilan 2014 yilda turmush qurgan. O‘shanda Vanda argentinalik boshqa bir futbolchi Maksi Lopesdan voz kechib, Mauro bilan ishqiy munosabatga kirishgan. Lopes Lionel Messining yaqin do‘sti hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Parij PSJ Vanda Nara Chayna Suares Ikardi

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing