Jamshid Qo‘chqorovning o‘rinbosarlari ishdan ketdi
Jamiyat
−
07 avgust 2023
11967O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bugun, 7 avgustda imzolagan qarori bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligida ayrim xodimlar lavozimga tayinlandi va ayrimlari lavozimidan ozod etildi.
Qarorga muvofiq, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosarlari Erkin Rustamov va Dilshod Sultonov lavozimidan ozod etildi.
Aytilishicha, ular boshqa ishga o‘tmoqda. Rustamov va Sultonov Toshkent viloyatidagi tumanlarga hokim etib tayinlanishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Erkin Rustamov 2022 yil sentyabrida o‘sha vaqtdagi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziriga birinchi o‘rinbosar lavozimiga tayinlangan. Dilshod Sultonov esa 2018 yil sentyabridan buyon (o‘sha vaqtda moliya vazirligi) vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tasdiqlangandi. O‘sha kungacha vazirlikni boshqargan Sherzod Qudbiyev esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisiga aylandi.
LiveBarchasi