Iqtisodiyot va moliya vazirligi xodimlaridan madhiyani yodlash talab qilindi

Jamiyat

image

Iqtisodiyot va moliya vazirligida xizmat qilayotgan xodimlardan davlat madhiyasini yod olib, uni videoga yozib topshirish talab qilindi. Bu haqda vazirlikning ijro apparati rahbari o‘rinbosari tomonidan tegishli topshiriq berilgan.

Qayd etilishicha, ushbu topshiriqni amalga oshirish uchun xodimlarga bir oy muddat berilgan hamda topshiriqni bajarmaganlar uchun bu holat ularning xizmat faoliyati samaradorligiga baho berishda muhim ko‘rsatkichlardan biri sifatida hisobga olinishi aytilgan.

Hujjatga ko‘ra, bu tashabbus davlat ramzlariga ehtirom uyg‘otish, vatanparvarlikni kuchaytirish va tashkilot ichidagi ma’naviy muhitni mustahkamlash maqsadida joriy etilgan.

“Bir oy ichida har bir xodim tomonidan davlat madhiyasi ijro etilgan video yozuv edo.ijro.uz elektron dasturiga yuklagandan so‘ng, topshiriq bajarilgan deb hisoblanadi va nazoratdan olinadi”, deyiladi topshiriqda.


Maqola muallifi

Teglar

madhiya Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing