Iqtisodiyot universitetiga yangi rektor tayinlandi
Jamiyat
−
08 fevral
10063O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan To‘lqin Teshaboyev Zokirovich Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining rektori etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Prezident qarori bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent Moliya instituti va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti birlashtirilgan.
Ma’lumot uchun, To‘lqin Teshaboyev 2016-2020 yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori bo‘lib ishlagan. 2020 yildan buyon Toshkent moliya institutiga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, iqtisodiyot universitetining avvalgi rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlangandi.
LiveBarchasi