“NARXOZ”ga o‘qishga olib kirib qo‘yishni va’da qilgan mansabdor 15 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
Jamiyat
−
04 aprel 2019
6212Fuqaroni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘qishga olib kirib qo‘yishni va’da qilib, 15 ming dollar pora olgan mansabdorlardan biri qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Yashnobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Agrokimyo stansiyasi Toshkent filiali” MCHJ direktori vazifasini bajaruvchi M.B. fuqaro S.O‘.ni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali mazkur universitetning ikkinchi mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 15.000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi