Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel qaysi topilmalar uchun berilgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

2021 yilgi iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofoti amerikalik iqtisodchi Devid Kard va amerikalik tadqiqotchilar Joshua Angrist hamda Gvido Imbensga topshirildi. Ularga mukofot puli Shvetsiya Davlat banki tomonidan taqdim etildi.

“Bu yilgi laureatlar - Devid Kard, Joshua Angrist va Gvido Imbens bizga mehnat bozori haqida yangi tushunchalar berdi. Tabiiy tajribalar natijasida sabab va oqibat haqida qanday xulosalar chiqarish mumkinligini ko‘rsatdi. Ularning yondashuvi boshqa sohalarga ham ta’sir qilib, empirik tadqiqotlarda inqilob qildi”, deya keltirilgan Nobel qo‘mitasi xabarida. 

Kard “Mehnat iqtisodiyotiga empirik hissa qo‘shgani uchun”, Angrist va Imbens esa “sabab-oqibat munosabatlarini tahlil qilishdagi uslubiy hissasi uchun” ushbu mukofotga loyiq ko‘rildi.

“Kardning jamiyat uchun ahamiyatli savollarga javob topishi hamda Angrist va Imbensning uslubiy hissalari shuni ko‘rsatdiki, tabiiy tajribalar boy bilim manbai. Ularning tadqiqotlari jamiyat uchun katta foyda keltiradi”, deydi Iqtisodiyot fanlari mukofoti qo‘mitasi raisi Piter Fredriksson.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yil har bir nominatsiya bo‘yicha Nobel mukofotiga pul yutug‘i 10 million shved kronasi (1,145 million dollar)ni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yili iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofoti amerikalik olimlar Pol Milgrom va Robert Uilsonga nasib qilgan. 

Bu yil Nobel haftaligi 4 oktyabr kuni boshlandi. Fiziologiya, tibbiyot, kimyo, adabiyot, fizika, tinchlik yo‘nalishlari bo‘yicha mukofot g‘oliblari allaqachon e’lon qilingan


Maqola muallifi

Teglar

Nobel' Iqtisodiyot Shvetsiya Davlat banki

Baholaganlar

59

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing