Bu yil tibbiyot bo‘yicha Nobel qaysi ixtiro uchun berilgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
04 Oktabr 2021
7589“Fiziologiya va tibbiyot” bo‘yicha 2021 yilgi Nobel mukofotini tirik organizmlar haroratni qanday his qilishini o‘rgangan olimlar Devid Julius va Ardem Pataputyan qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlanishicha, ular o‘z vaqtida issiq, sovuq yoki teginish sezgilariga olib keladigan biokimyoviy reaksiyalarni qo‘zg‘atuvchi retseptor molekulalarini kashf etgan.
Julius 1955 yilda Nyu-Yorkda tug‘ilgan, 1984 yilda Kaliforniyadagi Berkli universitetida doktorlik darajasini olgan. U keyinchalik San-Fransiskoga ko‘chib o‘tgan va u yerda hozirgacha o‘z faoliyatini olib boradi.
Pataputyan esa 1967 yilda Livan poytaxti Bayrutda tug‘ilgan va keyinchalik Los-Anjelesga ko‘chib o‘tgan. U Kaliforniya texnologiya institutida dissertatsiya himoya qilgan. Olim hozirda Kaliforniya shtatining La-Xoyya shahridagi Scripps Research notijorat tibbiy-tadqiqot markazida ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, “Fiziologiya va tibbiyot” bo‘yicha 2020 yilgi Nobel mukofotiga amerikalik olimlar Xarvi Olter va Charlz Rays hamda britaniyalik virusolog Maykl Houton munosib ko‘rilgandi. Mukofot gepatit S virusini topganlik uchun taqdim etilgandi.
LiveBarchasi