Iqtisodiy inqiroz: Livanda norozilik namoyishlari avj olmoqda

Olam

image

Livanda mamlakatning so‘nggi o‘n yillikdagi eng yomon iqtisodiy inqirozdan chiqib ketishini talab qilgan namoyishlar davom etmoqda. Bayrutdagi namoyishchilar Kola, Cornish Mazraa, Salim Salam, Karantina va Kaskas mahallalaridagi katta yo‘llarni axlat qutilari bilan to‘sib qo‘ydi. Xavfsizlik kuchlarining aralashuvidan keyingina transport aloqasi tiklandi.

Livanning NNA agentligining xabar berishicha, janubdagi Sayda shahrida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, natijada uch kishi jarohat oldi. Namoyishchilarning yana bir guruhi Al-Arabiy hududida joylashib olgan.

Shuningdek, Shimoliy Tripoli shahrida namoyishchilar energiya ta’minoti idorasi binosiga bostirib kirib, jamoalarni uzluksiz elektr bilan ta’minlashni talab qilgan. Livan hozirgi kunda 1975-1990 yillardagi fuqarolar urushidan beri eng og‘ir iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda.

Banklar mamlakatdan pul olib chiqishni to‘xtatish maqsadida qattiq cheklovlar qo‘ydi. Livanda 2019 yil 17 oktyabrdan boshlab barcha xalqaro valyuta transferlari cheklangan. Aholi dollar depozitlari uchun mablag‘larni faqatgina qismlarga ko‘ra olishlari mumkin.

Dollarning rasmiy kursi 1507 Livan lirasiga teng bo‘lsa-da, banklar Amerika valyutasini cheklangan miqdorda 3900 lira kursida almashtiradi. Qora bozorda esa dollar 13 ming liraga teng.


Maqola muallifi

Teglar

inqiroz Livan

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing