IIV Termizdagi portlash bo‘yicha ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi ko‘p qavatli binolardan birida portlash yuz bergani, buning natijasida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 9 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Surxondaryoda sodir bo‘lgan mudhish voqea yuzasidan axborot berdi.

Unga ko‘ra, kecha, 8 aprel kuni soat 11:32 da Surxondaryo viloyatining Termiz shahri, “Do‘stlik” mahallasi Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan 10-uyning yerto‘lasida portlash sodir bo‘lgan. 

Portlash Termiz tumani “Manguzar” mahallasida yashovchi, shahardagi “Termiz Orzu-omad” xususiy korxonasi rahbari, 1983 yilda tug‘ilgan Imomaliyev Bekzodga tegishli hojatxona qog‘ozi (tualetnaya bumaga) va penaplastdan tayyorlangan tayyor xom ashyo (tyaga) hamda xaltalangan alebaster qurilish mahsuloti saqlanadigan omborxonada gaz va havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. 

Natijada yerto‘laga kirish joyidagi zinapoyadan, shaharning Ibn-Sino ko‘chasi 118-uy 1-xonadonda yashagan, 1958 yilda tug‘ilgan Abduraxmonov Raxmatulloning va ichki xonasidan Angor tumani “Gulzor” mahallasida yashagan, ushbu xususiy korxonada ishchi bo‘lib ishlagan 1962 yilda tug‘ilgan Inomaliyev Rajablarning kuygan holdagi jasadlari topilgan.

Voqea joyiga Surxondaryo viloyati prokuraturasi va Ichki ishlar boshqarmasi rahbar xodimlari chiqishib, holatni tezkor-tergov guruhi ishtirokida batafsil o‘rganmoqdalar.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Termiz

Baholaganlar

98

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing