IIV rahbari o‘rinbosari lavozimidan “uchdi”
Jamiyat
−
12 yanvar
34553Bugun, 12 yanvar kuni Abdulhaqov Yahyojon Ortiqboyevich Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov departamenti rahbari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Yahyojon Abdulhaqov avvalroq Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Shundan so‘ng, 2021 yil 12 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Shuningdek, u 2021 yil 26 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 28 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Farg‘onada bo‘lib o‘tayotgan Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Najmiddin To‘raxo‘jayev lavozimidan ozod qilingandi.
LiveBarchasi