IIO xodimlarining pensiyaga chiqish muddati uzaytirildimi?
Jamiyat
−
22 avgust
16314Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlarida pensiyaga chiqish uchun xizmat muddatini 25 yilga uzaytirish mumkinligi haqida xabarlar tarqadi. Mazkur xabarga Ichki ishlar vazirligi munosabat bildirdi.
Bildirilishicha, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi “Harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3413-son qaroriga muvofiq, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimning xizmat muddati kalendar hisobda 20 yilga yetganidan so‘ng, o‘tagan xizmat muddati uchun pensiya olish huquqiga ega bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan.
“Hozirgi kunda ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga pensiya olish uchun xizmat muddatini 25 yilga uzaytirish bo‘yicha taklif yoki qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilmagan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlariga o‘zgartirishlar kiritilgandi.