IIBB Jahongir Otajonov ishi bo‘yicha hujjatlarni sudga oshirdi

Jamiyat

image

Avvalroq Toshkent shahar IIBB xonanda Jahongir Otajonovning ichki ishlar xodimlarini haqorat qilgani aks etgan videolariga munosabat bildirib, uning harakatlariga huquqiy baho berilishi haqida ma’lum qilgan edi.

Toshkent shahar IIBB Jahongir Otajonovning IIO xodimlari haqidagi videomurojaatlari yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv bo‘yicha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, Jahongir Otajonovning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida, u yuqoridagi videomurojaatida aytib o‘tgan haqoratli gaplarni jahl ustida aytganini, hukumat va ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan hech qanday shaxsiy adovati yo‘qligini ta’kidlab, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.

Jahongir Otajonovning qilmishida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi (“Haqorat qilish”)da ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli to‘plangan hujjatlar joriy yilning 23 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudiga taqdim etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Otajonov

Baholaganlar

2151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing